MALAY TILIDA O’ZLASHMA SO’ZLARNING EKSTRALINGVISTIK VA LISONIY OMILLAR ASOSIDA VUJUDGA KELISHI
##plugins.themes.academic_pro.article.main##
Abstract
Ta’kidlash joizki, tilshunoslikda o’zlashmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Malay tili o’zining ko’p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida lug’at tarkibini o’z ichki manbalari hisobiga boyitib, takomillashtirib keldi. Bunday qonuniyatga ko’ra, o’z qatlam negizlari asosida yangi so’zlar yasaladi, mavjud so’z ma’nolari kengaytiriladi, ba’zi so’zlarga qo’shimcha vazifalar yuklanadi, adabiy tilga xalq shevalaridan turli davrlarda, ehtiyojga ko’ra, so’zlar qabul qilinadi. Boshqa tillar kabi malay tili lug’at tarkibining boyishida ichki manba imkoniyatlari muhim asos hisoblanadi. Shunga qaramasdan, dunyodagi hech bir til o’z ichki manbalarigagina tayanib ish ko’rmaganidek, malay tili uchun ham faqat o’z so’zlari, o’z qatlam boyligi va imkoniyatlarigina kifoya qilmaydi. Malay tili lug’at tarkibining boyish va takomillashuvida tashqi manba muhim rol o’ynaydi. Umuman har qanday til sof holda yashay olmaydi. Turli tillarning turli tarixiy sharoitlarda o’zaro ma’lum munosabatda bo’lishi tabiiy holdir. Bunday munosabat aloqada bo’lgan tillar rivojida ayniqsa uning lug’at tarkibida ma’lum izlarni qoldirishi mumkin. Malay tiliga eng ko’p ta’sir ko’rsatgan va eng ko’p o’zlashmalari mavjud bo’lgan tillar: sanskrit, arab, ingliz va portugal tillari hisonblanadi.
##plugins.themes.academic_pro.article.details##
References
- Abdul Hamid Mahmood. Kamus Linguistik. – KL.: Dewan Bahasa dan Pustaka.
- Abdul Basir Awang. Peminjaman kata bahasa Arab dalam bahasa Melayu. – P.,
- Amadun Husin. Morfologi dalam pembinaan bahasa Melayu. Tesis Master. – KL.: Universiti Kebangsaan Malaysia. 2010.
- Any Rozita Abdul Mutalib. Analisis Linguistik kata pinjaman terpilih bahasa arab dalam enakmen undang-undang keluarga islam. – M.: Universiti Sains Malaysia. 2008.
- Abrak Otman, Nik Safiah Karim. Kamus fajar bahasa melayu. – KL.: Oxford fajar.
- Collins, James T. Mukadimah Ilmu Etimologi. – KL.: Dewan Bahasa dan Pustaka.