BIOLOGIYA TA’LIMIGA KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUVNI JORIY ETISH VA TA’LIM JARAYONINI OPTIMALLASHTIRISHDA ELEKTRON AXBOROT TA’LIM RESURSLARINI YARATISH METODIKASI

##plugins.themes.academic_pro.article.main##

Saparov Kalandar Abdullayevich
Haytbayeva Sayyora Raximberganovna

Abstract

Mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari dunyoning rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin olish uchun ma’naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimizning erkin, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini yanada rivojlantirish,  ularning bilim salohiyatlarini jahon andazalariga mos ravishda oshirish hamda kelajakda xalqimizga astoyidil xizmat qiladigan kasb egasi bo‘lib yetishishlari uchun shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga  muvofiq, O‘zbekistonning 2030 yilga kelib PISA – O‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dasturida birinchi 30 ta ilg‘or mamlakat qatoriga kirishiga erishish belgilangan. Unda, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich tatbiq etish hamda “…xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish” xalq ta’limi tizimining asosiy maqsad va rivojlanish yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan [1].

##plugins.themes.academic_pro.article.details##

How to Cite
Saparov Kalandar Abdullayevich, & Haytbayeva Sayyora Raximberganovna. (2024). BIOLOGIYA TA’LIMIGA KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUVNI JORIY ETISH VA TA’LIM JARAYONINI OPTIMALLASHTIRISHDA ELEKTRON AXBOROT TA’LIM RESURSLARINI YARATISH METODIKASI. Journal of Integrated Education and Research, 7(1), 213–215. Retrieved from https://ojs.rmasav.com/index.php/ojs/article/view/1503

References

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-sonli Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-sonli Farmoni.
  3. Mavlonov O. Biologiya. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti. 2003 yil, 366-b.
  4. Azimov I.T. Biologiya o‘qitish metodikasi. Pedagogika oliy o‘quv yurtlari “Biologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. “Mahalla va oila nashriyoti”. Toshkent-2023. 64-66-b.
  5. Tolipova J.O. G‘ofurov A.T. Biologiya o‘qitish metodikasi // Darslik. –Toshkent, 2012. – 239 b.
  6. Ратнер Ф.Л. Разработка электронных образовательных ресурсов: зарубежный опыт // Учебно-методическое пособие по направлению «Электронные образовательные ресурсы». – Казань: КГУ, 2008. –104 с.
  7. Qaraxonova L.M. Biologiyani o‘qitishda elektron ta’limiy resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (7-sinf misolida) // Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2020. – 46 b.